Devor juda yupqa, kechqurun ota-onam xonada pul haqida baqirishsa hammasi eshitiladi. Men o'n oltidaman, o'ninchi sinfda o'qiyman. Dadam ish topolmayapti, onam esa har kuni bir narsani eslatadi. Kecha dadam eshikni yopib chiqib ketdi, qayerga ketganini bilmayman, ikki soatdan keyin qaytdi. Onam esa hech narsa bo'lmagandek idish yuvdi. Men naushnik taqib yotaman, lekin baribir eshitaman. Ertalab ikkalasi ham choy ichishadi, sen nonushta qildingmi deb so'rashadi. Maktabda hech kimga aytmayman, hamma o'z gapi bilan band. Ba'zan o'ylayman, ajrashib ketishsa yaxshi bo'larmidi, keyin yo'q, bunday bo'lmasin deyman. Singlim kichkina, u hali hech narsa tushunmaydi, men uning qulog'ini yopib qo'yaman. Bugun imtihon bor, hech narsa yodimga kirmadi.
kochadagi it bugun meni darvozagacha kuzatib qoydi. Hech kim shunday qilmagan edi
Anonim#V82DJJ
Ish·483
отамнинг дўконида ишлайман, Фарғонада. Ўттиз икки ёшдаман, ҳали ҳам отамдан ҳар ой пул сўраб оламан, чунки ойлик йўқ хамаси озимизники дейди. Укам Тошкентда ишлайди яхши пул топади, отам доим уни мисол қилади. Мен эса кун бўйи тарози ёнида тураман мижоз билан баҳслашаман товар тушса ҳам ўзим тушираман. Байрамларда мижоз кўп бўлса тунда ҳам ўтириб чиқамиз, ҳаммаси бепул. Бир куни у кассадаги пулни санаб бу етмаяпти деди, гўё мен ўғрилик қилгандек. Хотиним ҳеч нарса демайди, лекин кўзидан биламан. Бир мартаотамга очмқ айтдим, ойлик блгилайлик дедим. Жаҳли чиқиб, сен менинг ўғлимсан ишчи эмассан деди. Тўғри, лкн шу билан ойлигим ҳам йўқ. Қўшнининг болалари машина олиб юрибди, мен эса ўғлимнинг мактаб формасига ҳам отамдан сўрайман. Қанақа гапирсам экан унга((
do'stimdan kechirim so'rashni bilmayman. Yozsam ham yomon yozmasam ham yomon..
Anonim#YKKC4H
Ish·205
Зарплату в магазине задерживают уже третий раз. Хозяин говорит, потерпите, товар плохо идет. А у меня дочка в школу, форма, тетради, еще и за свет платить. Сказать ему в лицо боюсь, в Самарканде с работой сейчас туго. Терплю пока, больше ничего не остается.
Anonim#D3KJUQ
Do'stlar·526
часик говорит. на часкпосидеть с ребенном мне в салон. часик превращается в пять. сама она без работы а у меня удаленка и все думают что я целый день свбоодна. а я просто работаю дома вот и все. отказать неудобно она мне в трудное время помогала. только мне уже самой хчоется выходных.
Anonim#9QTBNG
Sevgi·47
Hozir gaplashayotgan yigit hamma narsasi bilan mos, ota-onam ham rozi, lekin men seva olmayapman. Onam sevgi organiladi deydi. Qanday organiladi, uni korsam yuragim jim turadi. Kecha u menga, nega jim yuribsan deb soradi, men esa nima deyishni bilmadim. Bunday yashagan ayollarni blaman, hammasi tashqaridan yaxshi
Anonim#2N9SAK
O'zim haqimda·487
28 yoshdaman ishdan keyin magistraturaga kirmoqchiman lekin yoshim o'tib ketmadimikan. Guruhdagilar hammasi 22 lik bo'ladi. Kitob ochsam bola paytimdagidek tez yodlay olmayman. ishxonada boshliq 'o'qishga ruxsat bermaman' degan gapni ham aytib qo'ydi. Yoshlikda nega qilmadim deb afsuslanaman. Hamma narsa qarshi turgandek
Anonim#FNKG6U
Sevgi·241
Бывший написал «с днем рождения». Полдня думала отвечать или нет. Ответила. Жалею
Anonim#7YFMQA
Pul·62
dollar yana ko'tarildi shekilli, bozorda hamma narsa yana qimmatlab ketbidi bugun faqat non oldim
Anonim#M5JXPM
Boshqa·39
Ota-ona majlisida yana pul yig'ishdi. Sinfga yana nima kerak ekan tushunmayman(((
Anonim#75DK3C
Yo'qotish·120
onamning qirqi o’tdi hama ketdi uy bo’sh qoldi idishlar yuvilmay turibdi odamlar sabr qilingdeb ketishdi, kimdir yoshi katta edi bu tabiiy dedi. tabiiy bo’lsa nega bunchalik og’riydi. onam har kuni soat 6 da choy qo’yari hozir ham shu vaqtda uyg’onib ketaman